Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi 2019-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda iste'dodli yoshlarni aniqlash va ularning salohiyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Mazkur ta'lim muassasasi ilg'or xalqaro standartlar asosida yuqori sifatli bilim berish orqali vatanparvar, intellektual salohiyatli va raqobatbardosh yangi avlod yetakchilarini tarbiyalashni maqsad qilgan. Bugungi kunda maktab iqtidorli o'quvchilarning ilm-fan, texnologiyalar va yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantirib, ularni buyuk kelajak poydevoriga aylantirish yo'lida xizmat qilmoqda.

Bizning qarashlarimiz

Prezident maktablarining maqsadi - mamlakatning iqtidorli va iste’dodli yoshlarini jadal global jamiyatning ijodkor, innovatsion ishtirokchilari sifatida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga undaydigan ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston taraqqiyotiga faol va ijobiy hissa qo‘shadigan rahbarlarning keyingi avlodini tayyorlashdan iborat.

Bizning missiyamiz

Prezident maktablarining vazifasi iqtidorli o‘quvchilarning ta’lim tajribasini akademik mukammallik dasturi va O‘zbekiston kelajagiga hissa qo‘shish uchun bitiruvchilarning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish uchun yaxlit ta’lim imkoniyatlari orqali oshirishdan iborat.

Biz xalqaro tasdiqlangan va eko-maktabmiz!