Unda Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari, ayni paytda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan Garvard universiteti talabasi Abdulaziz Sobirov, Kornell universiteti talabasi Timur Polyakov hamda Amherst kolleji talabasi Xusnullin Shamil ham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘zbek madaniyatiga xos milliy liboslar, milliy taomlar, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etildi. Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar ham tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar xorijda tahsil olayotgan yoshlarimizni birlashtirish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro maydonda namoyon etishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
04/04/2026
16