Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan Model BMT (Model United Nations) tadbirida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda umumta’lim maktablarining o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli qo‘mitalari faoliyati asosida bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb global masalalarni muhokama qildilar. Jumladan, global ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar natijasida yuzaga kelayotgan oziq-ovqat xavfsizligi muammolari, qurolli mojarolar sharoitida tinch aholini himoya qilish, ayollarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, odam savdosiga qarshi kurash hamda tinchlikparvarlik faoliyati masalalari yuzasidan muhim fikr va takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, tadbirda IELTS imtihonidan 9 ballik natijani qayd etgan ilk o‘zbekistonlik ayol — Ma’mura Yo‘ldosheva ham ishtirok etdi. U o‘quvchilarga xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish, til o‘rganishning samarali usullari hamda global miqyosda fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
07/04/2026
5