Ko‘rgazmada barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilar ishlari namoyish etildi. Jumladan, tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, san’at va tillar yo‘nalishlari, bilimlarning real hayotdagi qo‘llanilishini aks ettiruvchi fanlararo amaliy loyihalar, tadqiqot ishlari, tajribalar hamda innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga olgan ilmiy tanlovlar tashkil etildi.

Bu kabi ko‘rgazmalar o‘quvchilarning bilim va yutuqlarini namoyon etish, ularni yangi g‘oyalarga ilhomlantirish bilan birga, ota-onalar, o‘qituvchilar va maktab jamoasi o‘rtasidagi hamkorlik hamda muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

21/04/2026

8