Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan 22-aprel — Yer kuni munosabati bilan tabiatni asrash, ekologiyani himoya qilish hamda atrof-muhit muammolariga e’tibor qaratish maqsadida taqdimotlar o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, maktabda o‘tkazilgan o‘quvchilarning yutuqlari hamda turli fan yo‘nalishlaridagi o‘quv jarayonlarini namoyish etishga bag‘ishlangan Integratsiyalashgan ta’lim ko‘rgazmasida o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar taqdirlandi. Ularga sertifikat, statuetka hamda medallar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
07/04/2026
13